Hech narsa yo‘qolmaydi
O‘chirilgan yoki o‘zgartirilgan har bir yozuv tarixda saqlanadi. Boshqa → Tarix bo‘limidan bir bosishda qaytarasiz. Botdan ham so‘rasa bo‘ladi: «kecha nimani o‘chirdim?» — ro‘yxatni ko‘rsatadi, «qaytar» desangiz tiklaydi.

Telegramda sinab ko‘ring
Bepul, ro‘yxatdan o‘tmasdan — botga birinchi xarajatingizni yozing.
Telegramda boshlashBoshqa yangiliklar

Moliyachi endi suhbatdosh
Botga oddiy gap bilan yozing: «kecha taksiga 25 emas, 20 ming edi» — yozuv o‘zi tuzatiladi. «Bu oy kafega qancha ketdi?» deb so‘rasangiz, darhol javob beradi. Qarz qaytishi, kartadan kartaga o‘tkazma va sozlamalarni ham shunchaki aytasiz.
Batafsil
⚡ Energiya va Moliyachi Pro
Oddiy yozuvlar, balans, hisobotlar va Excel — avvalgidek bepul va cheklovsiz. AI ishlatadigan amallar (ovoz, chek, savollar) ⚡ energiya bilan ishlaydi: har kuni bepul +15 ⚡. Ko‘proq kerak bo‘lsa — Pro: har kuni +30 ⚡ va 90 tagacha zaxira.
Batafsil
Karta orqali to‘lov
Pro va energiya paketlarini endi Visa yoki Mastercard kartasi bilan ilovaning o‘zida olasiz. To‘lovni Polar xavfsiz qabul qiladi, karta ma’lumoti bizga kelmaydi.
Batafsil