Maxfiylik siyosati
Qanday ma’lumot yig‘amiz, nima uchun va uni qanday himoya qilamiz.
Oxirgi yangilanish: 28-oktabr, 2026
Qanday ma’lumot
Telegram hisobingizdan: ID, ism, foydalanuvchi nomi va til.
Siz kiritgan ma’lumot: kirim-chiqimlar, kartalar (faqat siz bergan nom va balans — karta raqami emas), qarzlar, budjetlar, sozlamalar va AI bilan yozishmangiz.
To‘lovlar: qaysi tarif yoki paket va qachon olingani. Karta ma’lumotlari Polar’da qoladi, bizga kelmaydi.
Nima uchun
Faqat xizmatni ko‘rsatish uchun: yozuvlarni saqlash, hisoblash, hisobot va eslatmalar yuborish, Pro va energiyani hisobga olish. Ma’lumotlaringiz sotilmaydi va reklama uchun berilmaydi.
Kimga uzatiladi
Google (Gemini AI) — matn, ovozli xabar va chek rasmlarini tanib olish uchun. Fayllar faqat tanib olish vaqtida ishlatiladi va serverimizda saqlab qolinmaydi.
Soliq qo‘mitasi (ofd.soliq.uz) — chekdagi QR kod orqali chek ma’lumotini olish uchun (faqat siz chek yuborganingizda).
Polar (polar.sh) — to‘lovlarni qabul qilish uchun.
Telegram — bot va ilova Telegram orqali ishlaydi.
Saqlash va himoya
Ma’lumotlar himoyalangan serverda (Yevropa) saqlanadi va har kuni zaxira nusxa olinadi. Ilovaga kirish Telegram imzosi bilan tekshiriladi.
O‘chirish
Istalgan payt barcha ma’lumotingizni o‘chirishingiz mumkin: ilovada Profil → sozlamalar yoki botga «hamma ma’lumotimni o‘chir» deb yozing. Botda o‘chirilgandan keyin 3 kun ichida qaytarish mumkin, so‘ng butunlay o‘chadi; zaxira nusxalarda cheklangan muddat qolishi mumkin.
To‘lovlar haqidagi yozuvlar buxgalteriya talablari uchun saqlanadi.
Sayt va cookie
moliyachi-ai.uz saytida Google Analytics faqat roziligingiz bilan yoqiladi (cookie banneri). Ilova va botda reklama yoki kuzatuv cookie’lari yo‘q.
Aloqa
Maxfiylik bo‘yicha savollar: Telegram @Moliyachi_AI_support.