Yangiliklar

Moliyachi AI’dagi yangi imkoniyatlar — botda va ilovada.

Moliyachi endi suhbatdosh

Moliyachi endi suhbatdosh

Botga oddiy gap bilan yozing: «kecha taksiga 25 emas, 20 ming edi» — yozuv o‘zi tuzatiladi. «Bu oy kafega qancha ketdi?» deb so‘rasangiz, darhol javob beradi. Qarz qaytishi, kartadan kartaga o‘tkazma va sozlamalarni ham shunchaki aytasiz.

Batafsil
⚡ Energiya va Moliyachi Pro

⚡ Energiya va Moliyachi Pro

Oddiy yozuvlar, balans, hisobotlar va Excel — avvalgidek bepul va cheklovsiz. AI ishlatadigan amallar (ovoz, chek, savollar) ⚡ energiya bilan ishlaydi: har kuni bepul +15 ⚡. Ko‘proq kerak bo‘lsa — Pro: har kuni +30 ⚡ va 90 tagacha zaxira.

Batafsil
Karta orqali to‘lov

Karta orqali to‘lov

Pro va energiya paketlarini endi Visa yoki Mastercard kartasi bilan ilovaning o‘zida olasiz. To‘lovni Polar xavfsiz qabul qiladi, karta ma’lumoti bizga kelmaydi.

Batafsil
Hech narsa yo‘qolmaydi

Hech narsa yo‘qolmaydi

O‘chirilgan yoki o‘zgartirilgan har bir yozuv tarixda saqlanadi. Boshqa → Tarix bo‘limidan bir bosishda qaytarasiz. Botdan ham so‘rasa bo‘ladi: «kecha nimani o‘chirdim?» — ro‘yxatni ko‘rsatadi, «qaytar» desangiz tiklaydi.

Batafsil
Chekni QR kod bilan yozing

Chekni QR kod bilan yozing

Chekdagi QR kodni skanerlang yoki chek rasmini yuboring — summa, sana va do'kon Soliq bazasidan aniq olinadi, bir chek ikki marta yozilmaydi. Endi xarajatni ovoz bilan ham aytsangiz bo'ladi: mikrofonni bosing va «tushlik 35 ming» deng.

Batafsil
Webapp yangilandi

Webapp yangilandi

Bosh sahifada endi «bugun qancha ketdi» va oylikkacha kuniga qancha ishlatish mumkinligi ko'rinadi. Xarajatni bir qatorda yozing — «tushlik 35 ming, taksi 20 ming» — yoki chekni rasmga oling.

Batafsil
Hisobot: pulim qayerga ketdi?

Hisobot: pulim qayerga ketdi?

O'tgan oyning shu kunlari bilan solishtirish, eng ko'p o'sgan toifalar va oy oxirigacha prognoz. Pastdagi qatorga savol bering: «taksiga qancha ketdi?»

Batafsil
Budjet va takroriy to'lovlar

Budjet va takroriy to'lovlar

Toifaga oylik chegara qo'ying — 80% ga yetganda ogohlantiraman. Ijara, internet kabi har oylik to'lovlarni endi webapp'ning o'zida qo'shasiz.

Batafsil
Qarzlar: karta va eslatma

Qarzlar: karta va eslatma

Qarzni qaysi kartadan berganingizni tanlang — qaytganda pul o'sha kartaga tushadi. Qarzdorga muloyim eslatmani bir bosishda yuborasiz.

Batafsil
Oy yakuni — Story uchun

Oy yakuni — Story uchun

Oy oxirida chiroyli karta: eng ko'p qayerga ketgani va o'tgan oydan farqi. Summalar standart holatda yashirin — ulashishdan qo'rqmang.

Batafsil

Bugungi birinchi xarajatingizni yozib ko‘ring

Bir daqiqa ham ketmaydi. Ro‘yxatdan o‘tish, karta yoki ilova yuklash kerak emas.

Telegramda boshlash