To‘lov shartlari
Pro obuna va energiya paketlari uchun to‘lov, bekor qilish va qaytarish qoidalari.
Oxirgi yangilanish: 28-oktabr, 2026
Umumiy qoida
Pro obuna va energiya paketlari — raqamli xizmat: to‘lovdan keyin darhol hisobingizga qo‘shiladi. Shuning uchun to‘langan pul qaytarilmaydi.
Qachon qaytaramiz
Pul ikki marta yechilgan bo‘lsa.
To‘lov o‘tib, lekin Pro yoki energiya hisobingizga qo‘shilmagan bo‘lsa va biz buni tuzata olmasak.
Obunani bekor qilish
Obunani istalgan payt bekor qilishingiz mumkin — keyingi to‘lov olinmaydi, Pro to‘langan muddat oxirigacha ishlaydi. Boshlangan yoki o‘tgan davr uchun pul qaytarilmaydi.
Qanday murojaat qilinadi
Telegram @Moliyachi_AI_support ga yoki botda /feedback orqali yozing: to‘lov sanasi va Polar xatidagi buyurtma raqamini ko‘rsating.
Qaytarilganda
Pul Polar orqali to‘langan kartaga qaytadi (bank tomonidan odatda 5–10 ish kuni). Pro o‘sha zahoti to‘xtaydi, paketdan qolgan energiya olib qo‘yiladi.