Foydalanish shartlari
Moliyachi AI (Telegram bot @KundalikMoliyaBot, ilova va moliyachi-ai.uz sayti) dan foydalanish shartlari.
Oxirgi yangilanish: 28-oktabr, 2026
Xizmat nima
Moliyachi AI — shaxsiy moliyani hisobga olish uchun yordamchi: kirim-chiqim, kartalar, qarzlar, budjet va hisobotlar. Bu bank emas: hisobingizga ulanmaydi, pul o‘tkazmaydi va karta ma’lumotlarini so‘ramaydi.
Xizmatdan foydalanib, siz shu shartlarga rozilik bildirasiz.
AI va javobgarlik
Matn, ovoz va cheklarni sun’iy intellekt (AI) taniydi. AI xato qilishi mumkin — har bir yozuv sizga darhol ko‘rsatiladi, uni tekshirib, kerak bo‘lsa tuzating.
Moliyachi AI moliyaviy, soliq yoki investitsiya maslahati bermaydi. Hisobotlar faqat siz kiritgan ma’lumotga asoslanadi; qarorlar uchun javobgarlik sizda.
Energiya va Pro
Oddiy yozuvlar, balans, hisobotlar va Excel — bepul. AI ishlatadigan amallar (ovoz, chek, AI javoblari)
energiya sarflaydi. Bepul tarifda har kuni +10
(20 tagacha).
Pro obuna (oyiga 29 900 so‘m yoki yiliga 219 000 so‘m): har kuni +20
(40 tagacha). Energiya paketlari: 100
— 15 000 so‘m, 300
— 29 900 so‘m; paket energiyasi yonmaydi.
Energiya pul emas: uni naqdlashtirib yoki boshqa foydalanuvchiga o‘tkazib bo‘lmaydi.
🏢 Biznes tarifi
Biznes turidagi Telegram guruh uchun: foyda-zarar (P&L), kunlik kassa hisoboti, adminlarga shaxsiy kunlik hisobot va ogohlantirishlar, har oy Excel fayl va guruh energiyasi (tarifda oyiga 500
, sinovda 100
; ishlatilmagani keyingi oyga o‘tmaydi, tugasa — yozgan odamning o‘z energiyasi). Guruh biznes turiga birinchi marta o‘tkazilganda 14 kun bepul sinov beriladi.
Narxi: oyiga 79 000 so‘m yoki yiliga 690 000 so‘m, bitta guruh uchun, a’zolar soni cheklanmaydi. Tarifni guruh admini yoqadi va to‘laydi; obuna Pro kabi avtomatik yangilanadi va istalgan payt bekor qilinadi.
Tarif tugasa, yozuvlar, kassalar, savollar va boshqa guruh funksiyalari ishlayveradi; ma’lumotlar o‘chirilmaydi.
To‘lov va obuna
To‘lovlarni Polar (polar.sh) qabul qiladi — u sotuvchi sifatida (Merchant of Record) to‘lov, chek va soliqlarni rasmiylashtiradi. Karta ma’lumotlari bizga kelmaydi.
Pro obuna har oy (yoki har yil) avtomatik yangilanadi. Istalgan payt bekor qilishingiz mumkin: Polar yuborgan xatdagi obunani boshqarish havolasi orqali yoki bizga yozib. Bekor qilinganda Pro to‘langan muddat oxirigacha ishlaydi.
Batafsil — «To‘lov shartlari» sahifasida.
Foydalanish qoidalari
Xizmatdan noqonuniy maqsadlarda, boshqalarning hisobiga ruxsatsiz kirish, tizimni buzish yoki ortiqcha yuklash uchun foydalanish taqiqlanadi. Bunday holatda hisob cheklanishi mumkin.
O‘zgarishlar
Shartlar va narxlar o‘zgarishi mumkin. Muhim o‘zgarishlar haqida botda xabar beramiz; to‘langan muddat davomida narx o‘zgarmaydi.
Aloqa
Savol va murojaatlar: Telegram @Moliyachi_AI_support yoki botda /feedback.