Telegram ichidagi shaxsiy hisobchi

Xarajatni yozish —
bitta xabar.

«Taksi 20 ming» deb yozing yoki ovozli xabar yuboring. Moliyachi AI summani, toifani va kartani o‘zi aniqlaydi, kechqurun esa kunning hisobotini yuboradi.

  • Bepul boshlash
  • Ilova o‘rnatish shart emas
  • 4 tilda
Kafeda telefonida xarajatini yozayotgan ayol
Bugun
~10 soniya
bitta yozuv uchun
0 so‘m
boshlash uchun
4 til
o‘zbek · rus · ingliz · koreys
21:00
har kuni hisobot

Qanday ishlashini ko‘ring

Qanday yozsangiz ham — tushunadi

Bir xabar yuborasiz, qolganini Moliyachi AI bajaradi. Pastdagi misollar botning haqiqiy javob formatida.

Bugun

Odamga yozgandek yozing

Maxsus format yoki tugmalar kerak emas. «non 8 ming», «benzinga 150k», «Humo kartamdan 50 ming» — bir xabarda bir nechta xarajat ham bo‘lishi mumkin.

Xato bo‘ldimi? Har bir yozuv darhol ko‘rsatiladi — 30 daqiqa ichida bitta tugma bilan bekor qilasiz.

O‘zingiz sinab ko‘ring

Kun oxirida —
aniq manzara

Yozib borishning foydasi hisobotda ko‘rinadi. Moliyachi AI uni o‘zi tayyorlab, o‘zi yuboradi — ilovani ochish ham shart emas.

Bitta eslatma, ortiq emas

Kun davomida hech narsa yozmagan bo‘lsangiz, 20:00 da bitta qisqa eslatma. Bir necha kun javob bermasangiz, bezovta qilmaydi.

Har kuni 21:00 da hisobot

Bugun qancha kirdi, qancha ketdi va qaysi toifaga — bir xabarda. Hech narsa yozilmagan kuni hisobot kelmaydi.

Yakshanba — haftalik xulosa

Hafta bo‘yicha eng katta 5 ta toifa va umumiy balans. Kerak bo‘lmasa, sozlamalardan o‘chirasiz.

Kechqurun uyda telefonida kunlik hisobotni ko‘rayotgan yigit
Bugun
Ilova: oylik hisobot va grafiklar
Ilova bosh sahifasi: balans, kirim, chiqim va oxirgi yozuvlar

Batafsil ko‘rmoqchimisiz?
Ilova Telegram ichida.

Bot pastidagi tugma bilan ilovani oching: toifalar bo‘yicha grafiklar, kalendar, kartalar va budjetlar. Yuklab olish va ro‘yxatdan o‘tish shart emas — Telegram hisobingiz bilan kirasiz.

Bir nechta karta

Naqd, Humo, Uzcard — har birining o‘z balansi. «Humo kartamdan» desangiz, o‘sha kartadan yechiladi.

Budjet va ogohlantirish

Toifaga oylik limit qo‘ying. Limitga yaqinlashganda va oshganda bot ogohlantiradi.

Takroriy to‘lovlar

Ijara, internet, kredit — bir marta sozlaysiz, vaqti kelganda o‘zi yoziladi va xabar beradi.

Qarzlar

Kimga qancha berdingiz, kimdan oldingiz. Ikkinchi tomon ham botda bo‘lsa, qarzni u ham tasdiqlaydi.

Excel eksport

Barcha yozuvlarni istalgan davr uchun Excel faylda yuklab oling.

4 til

O‘zbek, rus, ingliz va koreys tillarida — bot ham, ilova ham, hisobotlar ham.

Nega aynan Moliyachi AI?

Boshqa yo‘llarning har birida nimadir yetishmaydi. Moliyachi AI’da hammasi bitta joyda — va bepul boshlanadi.

Daftar yoki ExcelBank ilovasi monitoringiObunali botlarEng qulay tanlovMoliyachi AI
Naqd pulni hisobga oladi
Turli bank kartalari bir joydafaqat o‘z banki
Ovoz va chek bilan yozish
Bitta yozuvga ketadigan vaqt1–2 daqiqaavtomatik, faqat kartabir necha soniyabir necha soniya
Har kuni tayyor hisobotilovani ochsangiz
Savolga javob beradi («bu oy kafega qancha ketdi?»)har xil
Bepul foydalansa bo‘ladi
Narxbepul5 000 – 10 000 so‘m/oy~43 000 so‘m/oybepulxohlasangiz Pro — oyiga ~20 800 so‘mdan

Narxlar taxminiy, 2026-yil oktabr holatiga ko‘ra.

Ma‘lumotlaringiz — sizniki

Pulingizga tegmaydi

Moliyachi AI faqat hisob yuritadi. Kartangiz raqami, PIN yoki SMS kodlar hech qachon so‘ralmaydi.

Faqat siz ko‘rasiz

Ilovaga Telegram hisobingiz orqali kirasiz — Telegram imzosi tekshiriladi. Ma‘lumotlar sotilmaydi va reklamaga berilmaydi.

Har kuni zaxira nusxa

Yozuvlaringiz har kecha avtomatik zaxiralanadi — telefon almashsa ham, hech narsa yo‘qolmaydi.

Istalgan payt o‘chirasiz

Ilovadagi profil sozlamalaridan barcha yozuvlaringizni bir martada butunlay o‘chirishingiz mumkin.

Narxlar

Hisob yuritish — bepul. AI (ovoz, chek, savollar) har kuni yangilanadigan ⚡ energiya bilan ishlaydi.

Bepul
0so‘m
  • Oddiy yozuvlar, balans, hisobotlar — cheklovsiz
  • Excel eksport, budjet, qarzlar, kartalar
  • Har kuni +10 ⚡ AI uchun (20 tagacha)
Pro
Tavsiya etamiz
29 900so‘m / oy

yoki 219 000 so‘m / yil — oyiga ~18 250 so‘m (~39% arzon)

  • Har kuni +20 ⚡ (40 tagacha zaxira) — bepuldan 2 baravar ko‘p
  • Energiya kam qolganda ham eng kuchli AI
  • Istalgan payt bekor qilinadi
Energiya paketlari

Paket energiyasi yonmaydi — kunlik energiya tugagach ishlatiladi.

100 ⚡
15 000 so‘m
300 ⚡
29 900 so‘m
🏢 Biznes tarifi — guruh uchun

Biznes guruhi uchun: foyda-zarar (P&L), 21:30 da kassa hisoboti, egasiga shaxsiy hisobot va darhol ogohlantirish (kim nimani o‘chirdi yoki tuzatdi, katta chiqim, kassa minus), oyiga 500 ⚡ guruh energiyasi, har oy Excel. 14 kun bepul, a’zolar soni cheklanmaydi.

1 oy
79 000 so‘m
1 yil
690 000 so‘m

Karta orqali to‘lov (Visa, Mastercard) — Polar orqali, ilova ichida. Ba’zi mamlakatlarda to‘lov sahifasida soliq qo‘shilishi mumkin. To‘lov shartlari · Foydalanish shartlari

Ko‘p beriladigan savollar

Javob topilmadimi? Botda /feedback yozing — savolingiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoaga boradi.

Bu bank ilovasimi? Pulimga kira oladimi?

Yo‘q. Moliyachi AI — hisob daftari, bank emas. U kartangizga ulanmaydi va pul o‘tkaza olmaydi. Siz yozgan kirim-chiqimni tartiblab, hisoblab beradi.

Qanday boshlayman?

Telegramda @KundalikMoliyaBot ni oching, /start bosing va tilni tanlang. Shundan keyin birinchi xarajatingizni yozing — masalan «tushlik 35 ming». Ro‘yxatdan o‘tish yoki ilova yuklash shart emas.

Ovozni qanchalik to‘g‘ri tushunadi?

Ko‘p holatda to‘g‘ri tushunadi, lekin har doim emas — shuning uchun har bir yozuv darhol ko‘rsatiladi. Xato bo‘lsa, 30 daqiqa ichida bitta tugma bilan bekor qilasiz yoki ilovada tahrirlaysiz.

Naqd pul va bir nechta kartani alohida yuritsa bo‘ladimi?

Ha. Har bir karta va naqd pulning o‘z balansi bor. Xabarda karta nomini aytsangiz («Humo kartamdan…»), yozuv o‘sha kartaga tushadi; aytmasangiz — asosiy kartaga.

Qaysi tillarda ishlaydi?

O‘zbek, rus, ingliz va koreys tillarida. Tilni boshida tanlaysiz va keyin sozlamalardan o‘zgartirasiz — bot, ilova va hisobotlar shu tilda bo‘ladi.

Eslatmalar bezovta qilmaydimi?

Kuniga ko‘pi bilan bitta eslatma — va faqat o‘sha kuni hech narsa yozmagan bo‘lsangiz. Bir necha kun foydalanmasangiz, eslatma kelmaydi. Hisobotlarni sozlamalardan o‘chirish mumkin.

Moliyachi AI boshqa moliya ilovalaridan nimasi bilan farq qiladi?

Telegram ichida ishlaydi — ilova o‘rnatish va ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Xarajatni oddiy gap, ovozli xabar yoki chek bilan yozasiz, AI summani va toifani o‘zi aniqlaydi. Naqd pul va barcha kartalar bir joyda, kechqurun tayyor hisobot keladi, savollaringizga javob beradi. O‘zbek tilini tushunadi va bepul boshlanadi.

Humo va Uzcard kartalari bilan ishlaydimi?

Ha. Kartalarni nomi bilan qo‘shasiz (Humo, Uzcard, Visa yoki naqd) va har birining balansi alohida yuritiladi. Moliyachi AI bankka ulanmaydi: yozuvlarni o‘zingiz kiritasiz, karta raqami so‘ralmaydi.

Pullikmi?

Hisob yuritish bepul: oddiy yozuvlar, balans, hisobotlar va Excel — cheklovsiz. AI ishlatadigan amallar (ovoz, chek, savollar) ⚡ energiya bilan: har kuni bepul +10 ⚡ beriladi. Ko‘proq kerak bo‘lsa — Pro (oyiga 29 900 so‘m) yoki energiya paketi.

Bugungi birinchi xarajatingizni yozib ko‘ring

Bir daqiqa ham ketmaydi. Ro‘yxatdan o‘tish, karta yoki ilova yuklash kerak emas.

Telegramda boshlash